Layt 2 Stansiyasi chiroqli indikatsiyasi

Ba’zi bo’limlar faqat rus tilida mavjud.

 

Layt 2 Stansiyasining yuqori panelidagi yoritgich qurilmaning holatini va Alisa hozir nima bilan bandligini ko‘rsatadi.

Tugmalar bilan tovush balandligi sozlansa, indikator rangi yashildan (past) qizilgacha (baland) o‘zgaradi.

Rang

Layt 2 Stansiyasi holati

Yoritgich yonmayapti

Layt 2 Stansiyasi faollashtirilmagan. Faollashtirish uchun “Alisa” deng yoki tugmasini 3 soniya bosib turing.

Layt 2 Stansiyasi quvvat blokidan uzilgan bo‘lishi mumkin. Kabelni tekshirib ko‘ring.

Oq

Layt 2 Stansiyasi sozlash rejimida.

Siyohrang

Layt 2 Stansiyasi ishga tushmoqda yoki allaqachon faollashtirilgan va Alisa sizni tinglamoqda.

Miltillovchi siyohrang

Eslatma ishlab ketdi.

Ko‘k

Layt 2 Stansiyasi Bluetooth orqali boshqa qurilmadan uzatilayotgan musiqani ijro etadi.

Miltillovchi ko‘k

Layt 2 Stansiyasi sozlash rejimida: Wi-Fi yoki Bluetooth.

To‘lqinsimon moviy

Layt 2 Stansiyasi zavod sozlamalarini asliga qaytarish rejimida, Alisa sozlama tovushlarini kutmoqda.

Yashil

Standart tovush balandligi darajasi o‘rnatildi.

Miltillovchi yashil

Budilnik yoki taymer ishladi.

Agar LED ekranli Layt 2 Stansiyasida uyg‘otkich o‘rnatilgan bo‘lsa, soatning yuqori o‘ng burchagida nuqta paydo bo‘ladi.

Sariq

Qizil

Mikrofonlar faolsizlantirilgan yoki yuqori tovush balandligi o‘rnatilgan.

Miltillovchi qizil

Internetga ulanishda xatolik yuz berdi yoki ulanilmadi. Agar boshqa qurilmalarda internet mavjud bo‘lsa, Layt 2 Stansiyasini qayta ishga tushiring yoki ulanishni qaytadan sozlang.

Zigbee™ va Matter™ Connectivity Standards Alliance savdo belgilari hisoblanadi.