Mini 3 Pro Stansiyasi yorug‘lik indikatsiyasi

Ba’zi bo’limlar faqat rus tilida mavjud.

 

Mini 3 Pro Stansiyasining kontur yoritgichi kolonkaning holatini ko‘rsatadi:

Yoritgich yonmayapti

Kontur yoritgichi yonmayapti

  • Mini 3 Pro Stansiyasi faollashtirilmagan. Faollashtirish uchun “Alisa” deb ayting yoki tugmasini bosing.

  • Mini 3 Pro Stansiyasi tarmoqdan uzilgan bo‘lishi mumkin. Kabelni tekshirib ko‘ring.

Oq yoritgich

To‘lqinsimon oq

Mini 3 Pro Stansiyasi sozlanishini kutmoqda.

Turli tomondan navbatma-navbat yonadigan oq rang

Bluetooth orqali Mini 3 Pro Stansiyasi sozlanmoqda.

Aylanuvchi oq

Mini 3 Pro Stansiyasi Wi‐Fi tarmoqqa ulanmoqda.

Qizil chiroq

To‘lqinsimon qizil

Internetga ulanishda xatolik yuz berdi yoki ulanilmadi. Agar boshqa qurilmalarda internet mavjud bo‘lsa, Mini 3 Pro Stansiyasini qayta ishga tushiring yoki ulanishni qaytadan sozlang.

Kontur yoritgichi markazda qizil rangda yonmoqda

Maksimal tovush balandligi darajasi belgilandi.

Alisa tugmasi qizil rangda yonmoqda

Alisa tugmasi qizil rangda yonmoqda

Mikrofonlar yoqilmagan.

Stansiya sizni yana eshitishi uchun qurilmaning orqa tomonidagi mikrofonlarni faolsizlantirish tugmasini bosing.

Sariq-olovrang yoritgich

Miltillovchi sariq-zarg‘aldoq

Sham rejimi yoqildi.

Sariq yoritgich

To‘lqinsimon sariq

Zavod sozlamalari asliga qaytarilmoqda.

Yashil yoritgich

Kontur yoritgichi markazda yashil rangda yonmoqda

O‘rtacha balandlik darajasi belgilandi.

Tovush balandligi sozlansa, nurlanish sohasi quyidagicha o‘zgaradi:

  • o‘lchami — kichikdan (sekin) kattagacha (baland);
  • rangi — yashildan (sekin) qizilgacha (baland).

Burchakdan burchakka yashil to‘lqin

Budilnik yoki taymer ishladi.

Agar Mini 3 Pro Stansiyasida uyg‘otkich o‘rnatilgan bo‘lsa, soatning yuqori o‘ng burchagida nuqta paydo bo‘ladi.

So‘ndiruvchi yashil

Taymer ishga tushdi.

Ko‘k yoritgich

To‘lqinsimon ko‘k

Mini 3 Pro Stansiyasi sozlash rejimida: Bluetooth.

Kontur yoritgichi ko‘k rangda yonmoqda

Mini 3 Pro Stansiyasi Bluetooth orqali boshqa qurilmadan uzatilayotgan musiqani ijro etadi.

Binafsharang yoritgich

To‘lqinsimon siyohrang

Mini 3 Pro Stansiyasi:

  • yoqilmoqda;
  • Zigbee™ qurilmalarini qidiradi va ulaydi;
  • faol va sizni tinglamoqda.

Aylanuvchi siyohrang

Mini 3 Pro Stansiyasi:

  • buyrug‘ingizni qayta ishlaydi;
  • yangilanmoqda.

Karnay markazidan pulsatsiyalanuvchi siyohrang

Eslatma ishlab ketdi.

Dinamik siyohrang miltillash

Stansiya sizning savolingizga javob bermoqda.

Sovuq oq yoritgich

Kontur yoritgichi sovuq oq rangda yonmoqda

Tunchiroq rejimi yoqildi.

Rang-barang tovlanuvchi yoritgich

Ranglari o‘zgaruvchi tovlanishlar

Lava-chiroq rejimi yoqildi.

Musiqa ohangiga mos tushuvchi rang-barang yoritgich

Ranglar o‘zgarishi bilan musiqa ohangiga mos dinamik tovlanishlar

Musiqa yangraydi.

Musiqa yangraganda, kontur yorug‘ligi uning orqasidan ergashadi. Vizualizatsiya rejimini LED yoritish sozlamalari orqali tanlash mumkin.

Batafsil

Zigbee™ va Matter™ Connectivity Standards Alliance savdo belgilari hisoblanadi.