Max Stansiyasining zavod sozlamalarini qaytarish

Ba’zi bo’limlar faqat rus tilida mavjud.

 

Sharh

Agar Stansiyani internetga qayta ulamoqchi bo‘lsangiz, sozlamalarni asliga qaytarmang. Ulanishni qanday sozlash haqida Max Stansiyasi tarmog‘ini qayta sozlash yoki o‘zgartirish bo‘limida o‘qing.

Max Stansiyasi sozlamalarini asliga qaytarish uchun:

  1. Quvvat adapterini Max Stansiyadan uzing.
  2. Faollashtirish tugmasini bosing va uni qo‘yib yubormasdan quvvat adapterini Max Stansiyaga qayta ulang.
  3. Faollashtirish tugmasini sariq chiroq yonguniga qadar 5 soniya bosib turing. Shundan so‘ng faollashtirish tugmasini qo‘yib yuboring.
  4. Alisaning salomlashishini kuting va Max Stansiyasini internetga qayta ulang.

Batafsil

Zigbee™ va Matter™ Connectivity Standards Alliance savdo belgilari hisoblanadi.