Yandex Dropsʼdan Bluetooth quloqchin sifatida foydalanish

 

Yandex Drops quloqchinlarining barcha imkoniyatlaridan foydalanish uchun Wi-Fi orqali internetga ulanish va Yandex hisobi zarur.

Internet mavjud boʻlmasa, Alisa AI bilan suhbatlashib boʻlmaydi.

Yandex Dropsʼdan oddiy Bluetooth quloqchin sifatida foydalanish mumkin — masalan, qurilmangizda saqlangan musiqani tinglash uchun.

Musiqani ovoz bilan boshqarish imkoniyati saqlanadi — Alisa AIʼni chaqirish yoki uni [teginish](*activation) orqali faollashtirish shart emas. Trekni almashtirish yoki ijroni pauza qilish uchun darhol kerakli buyruqni ayting:

— Keyingisi

— Pauza

Imkoniyatlar

  • Ijroni nafaqat ishora orqali, balki ovoz bilan ham boshqarish mumkin.

  • Ijroni boshqarish buyruqlari internet yo‘qligida ham tanib olinadi.

  • Bluetooth orqali ovoz yangraganda, Yandex Drops ekvalayzer presset (tayyor sozlama) dan foydalanadi. Quloqchinlar tovushini oʻzgartirish uchun Алиса AI ilovasiga kiring va ekvalayzerni sozlang.

Telefondan uzish

  1. Telefonda Bluetooth sozlamalarini oching.

  2. Qurilmalar roʻyxatidan Drops ni toping va Bui tarmoq unutilsin tugmasini bosing.

  3. 10 soniya kuting.

  4. Алиса AI ilovasida Roʻyxat belgisi → Drops tugmasini bosing.

  5. → bosing.